AsosiyDunyo

AQShda 105 yoshli ayol magistrlik darajasini oldi

'AQShda 105 yoshli ayol magistrlik darajasini oldi'ning rasmi

Ikkinchi jahon urushi paytida magistraturani tashlab ketgan kaliforniyalik ayol 83 yildan so`ng 105 yoshida magistrlik darajasini oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

U 1940 yili Stenford universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan va magistrlik dissertasiyasi ustida ishlay boshlagan.

Ayolning sevgilisi Jorj Hislop Ikkinchi Jahon urushida xizmat qilishga chaqirilgach, ular turmush qurishga majbur bo`ladi va ilmiy ish oxiriga etmay qoladi.

Hozir Vashingtonda istiqomat qiluvchi Virjiniya ta`lim sohasida faol bo`lib, mahalliy maktab kengashida xizmat qiladi. Shuningdek, u Yakima maktabi direktorlar kengashiga raislik qiladi.

    Boshqa yangiliklar