AsosiyJamiyat

Samarqandda sud boshqaruvchisi 1200 dollar qo`yilgan qopqonga ilindi

'Samarqandda sud boshqaruvchisi 1200 dollar qo`yilgan qopqonga ilindi'ning rasmi

O`zbekiston sud boshqaruvchilari assosiasiyasining Samarqand viloyati bo`limi sud boshqaruvchisi Samarqand shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Samarqand tumanidagi xo`jalik mollari savdosi bilan shug`ullanuvchi oilaviy korxonani tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanadi. 

U korxona faoliyatini tekshirish davomida, amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda 1 mlrd. 916 mln. so`m pul mablag`i boshqa shaxslarga moliyaviy yordam sifatida o`tkazib yuborilganligi holatini aniqlaydi va ushbu pul mablag`i qaytarilmasdan korxonani bankrot deb elon qilish masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, sud boshqaruvchisi so`ralgan pul mablag`ini olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar