Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.S. o‘z xonadonida noqonuniy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv davomida umumiy qiymati 69,8 mln so‘mlik 19 100 dona yorliqlar, 10 000 dona shisha qopqoqlari, 1 500 dona bo‘sh idishlar, 1 570 dona qalbaki aksiz marka, 1 420 litr spirt hamda 359 dona tayyor alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






