Aleksandr Lukashenko RT telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putin va Donald Trumpni “imperatorlar” deb atab, o‘ziga umumiy muhabbat kerak emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “hamma seni sevmasligi”ni qabul qilishni o‘rgangan.
Lukashenko G‘arb OAV uni “Yevropaning so‘nggi diktatori” deb atashini o‘qib borayotganini aytdi va bunga xotirjam qarayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, u AQSh siyosati demokratiya va inson huquqlaridan ko‘ra manfaatlar bilan belgilanishini ta’kidladi.
Shunga qaramay, Belarus yetakchisi AQSh bilan “katta bitim”ga tayyorligini bildirib, ehtimoliy kelishuvda siyosiy mahbuslar, elchixonalar faoliyati va yadroviy materiallar ustidan nazorat masalalari bo‘lishi mumkinligini aytdi.






