CIES Football Observatory tomonidan tuzilgan 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingida 67 ta liga vakillari baholandi. So‘nggi olti oy o‘yinlari, statistika, jamoa natijalari va maydondagi vaqt asos qilib olindi.
Premier League doirasidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra Husanov 79,9 indeks bilan 19-o‘rinni egalladi.
Reyting yetakchisi — Florian Wirtz (Liverpool). Keyingi o‘rinlar Rayan Cherki va Lewis Hall (Newcastle United)ga nasib etdi.






