AsosiyJamiyat

6 mayda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 6 may uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

'6 mayda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar