AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonga o'qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

'O'zbekistonga o'qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

2026 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:

Turkmaniston — 9 207 nafar;

Hindiston — 3 723 nafar;

Tojikiston — 1 915 nafar;

Xitoy — 951 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 834 nafar;

Pokiston — 689 nafar;

Misr — 603 nafar;

Koreya Respublikasi — 526 nafar;

Filippin — 367 nafar;

AQSh — 302 nafar;

boshqa davlatlar — 1 925 nafar.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekistonga o'qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi - Darakchi.uz