AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi.

Qaysi hududda eng ko‘p mashina bor?

'O'zbekistonda avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi.'ning rasmi

2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xo‘sh, qaysi hududda aholi eng ko‘p avtomobildan foydalanadi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobillar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Toshkent shahri — 637 706 ta bilan bormoqda.

Keyingi o‘rinlarda:

— Farg‘ona viloyati — 573 472 ta;

— Samarqand viloyati — 563 072 ta;

— Qashqadaryo viloyati — 457 457 ta;

— Toshkent viloyati — 476 148 ta;

— Andijon viloyati — 381 421 ta;

— Namangan viloyati — 336 810 ta;

— Surxondaryo viloyati — 325 980 ta;

— Buxoro viloyati — 309 391 ta;

— Xorazm viloyati — 287 918 ta.

Eng kam avtotransport vositasi esa Sirdaryo viloyatida — 110 122 ta qayd etilgan.

Jami avtomobillarning asosiy qismini yengil mashinalar tashkil etadi — 4 618 719 ta.

    Boshqa yangiliklar