Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 23–25 daraja, kunduzi 38–40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 9–14 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 9–14 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, cho‘l hududlarida 27–30 darajagacha, kunduzi esa 37–42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 9–14 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.
Shunday qilib, 11 avgust kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida issiq va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Eng yuqori harorat 42 darajagacha ko‘tariladi.






