AsosiyBU QIZIQ

Bugun ob-havo qanday bo'ladi?

O‘zgidromet 18 avgust kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

'Bugun ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo'ladi.

Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo bir oz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar