14 noyabr kuni “O`zavtosanoat” AJ tomonidan importni qisqartirish, avtomobil sanoatida mahalliy bazaviy xom ashyodan va bazaviy materiallardan foydalanishni o`zlashtirish va ishlab chiqariladigan mahsulot mahalliylashuvi darajasini oshirish maqsadida kooperasion forum o`tkaziladi.
Forum doirasida ishtirokchilarga “O`zavtosanoat” AJ korxonalarining ishlab chiqarish imtiyozlari namoyish etiladi va boshqa tarmoqlar bilan kooperasion hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari belgilanadi.
Forum ishtirokchisi sifatida ro`yxatdan o`tish uchun 2019 yil 12 noyabrga qadar forum.uzavtosanoat.uz havolasida maxsus shaklni to`ldirish zarur.