Joriy yilning 1 iyun holatiga ko`ra, qiymati 264,1 ming AQSh dollariga teng bo`lgan 342,5 tonna qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu haqda davlat statistika qo`mitasi ma`lum qildi.
Eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan.
Bu ulush joriy yilda etishtirilgan yangi qovunlar hissasiga to`g`ri keladi. Ayni kunga qadar o`zbek qovuniga Rossiya, Qirg`iz Respublikasi, Qozog`iston va Tojikiston davlatlari bozorlarida talab yuqori bo`lmoqda.
E`tiborlisi, 2020 yilning 1 iyun holatiga ko`ra, 159,0 tonna qovun Rossiyaga eksport qilingan. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 154,5 tonnaga ko`p.