1

O`zbekistonda “Folksvagen” engil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 26.06.2020, 12:41
O`zbekistonda “Folksvagen” engil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

O`zbekiston Respublikasida “Folksvagen” engil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida e`lon qilindi.  

Qaror bilan "Jizzax avtomobil zavodi MChJ negizida "O`zbekiston engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish" investisiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo`yicha “Folksvagen” kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan konsepsiya ma`qullandi.  

 Konsepsiyada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

Birinchi bosqichda 2020-2021 yillarda:

*bozorni o`rganish hamda marketing tahlilini o`tkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” markalaridagi tayyor avtomobillarni etkazib berishni tashkil qilish;

*Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yig`ish bo`yicha o`qitishni tashkil etish;

* “Folksvagen Keddi” modelini yirik uzelli yig`ishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni etkazib berish;

* mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmog`i va servis xizmatlarini ko`rsatish stansiyalarini tashkil etish.

Ikkinchi bosqichda 2022 yildan boshlab engil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning to`liq siklini o`zlashtirish.  

 2020 yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Evro-5” standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilg`isi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasi bo`lishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1