AsosiyIqtisodiyot

Iyun oyida narx-navo 0,2 foizga pasaydi

'Iyun oyida narx-navo 0,2 foizga pasaydi'ning rasmi

2020 yilning iyun oyida iste`mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o`rtacha 0,2 foizga pasaydi. Meva va sabzavot narxlarining o`zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko`rsatkich darajasi 0,5 foizni tashkil etgan.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida iste`mol bozoridagi narxlar va tariflar o`rtacha 4,6 foizga ko`tarildi. Yillik davrda esa (2019 yilning iyuniga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o`rtacha o`sish sur`ati 14,2 foizni tashkil etdi. 

2020 yilning iyun oyida yillik umumiy INI o`tgan oyning shu ko`rsatkichiga nisbatan 0,2 punktga oshdi (14,0 foizdan 14,2 foizgacha). Shu bilan birga, o`tgan yilning iyun oyiga nisbatan 2020 yilning iyun oyidagi natija 2019 yilning iyun oyidagi ko`rsatkichga nisbatan 0,6 punktga baland bo`ldi (14,2 foizga qarshi 13,6 foiz). 

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan to`yinganligi sababli ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi (INI) 98,8 foizni tashkil etdi. 

Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari 0,6 foizga qimmatlashdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar