my5
Sevimli

Qamalgan talaba o`qishdan haydaladimi?

Savol-javob 10.12.2015, 16:11
 Qamalgan talaba o`qishdan haydaladimi?

Oliy o`quv yurtida o`qish paytida jinoiy javobgarlikka tortilgan, qamalgan talaba o`qishdan haydaladimi yoki qamoqdan chiqib, o`qishni davom ettiradimi?

R.Sodiqova, Farg`ona  viloyati, Qo`qon shahri

 

M.Inoyatov, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi “Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish talabalarni o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM”ning IV bo`lim 30- bandi 9-xat boshiga muvofiq, talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin. O`qishni davom ettirish masalasi konun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Шарҳлар