my5
Sevimli

Shifoxona uy qamog`i hisoblanadimi?

Savol-javob 10.12.2015, 16:15
 Shifoxona uy qamog`i hisoblanadimi?

Uy qamog`i shaklidagi ehtiyot chorasi qanday hollarda qo`llaniladi? Tibbiy muassasa ham uy qamog`ida saqlash joyi hisoblanadimi?

                                               N.Xoldorova, Samarqand

N.XALILOVA,O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:

— 2014 yilning 4 sentyabrida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Jinoyat-prosessual kodeksiga uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasi kiritildi.

Jinoyat Prosessual Kodeksiga kiritilgan yangi 242-1-moddaga asosan, uy qamog`i gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo`lganida uning yoshi, sog`lig`i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olgan holda qamoqqa olish nomuvofiq, deb topilgan taqdirda qo`llanilishi belgilab qo`yilgan. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo`yin tovlashining oldini olish maqsadida uy qamog`i qo`llaniladi.

Uy qamog`i ko`rsatilgan shaxsning jamiyatdan to`liq yoxud qisman ajratib qo`yilib, o`zi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan bo`lishi mumkin.  Sog`liq holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamog`ida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.

 

Шарҳлар