my5
Sevimli

Qaysi mahsulotlarning narxi davlat nazoratida?

Savol-javob 10.12.2015, 16:27
 Qaysi mahsulotlarning narxi davlat nazoratida?

 «Eshitishimcha, ayrim mahsulotlarning narxlari faqat davlat tomonidan nazorat qilinar ekan. Bu qanday mahsulotlar?”

X.G`aniev,  Chirchiq shahri

 

Moliya vazirligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Hamza TUXSANOV javob beradi:

 

-O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabridagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklarasiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan,  O`zbekistn Respublikasi Moliya vazirligi narxlarni nazorat qiluvchi asosiy davlat organi sanaladi. Ushbu hujjatga asosan, davlat nazoratiga ayrim tovarlar va xizmatlar ro`yxati kiritiladi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi narxlarni nazorat qiluvchi asosiy davlat organi sanaladi. Ushbu hujjatga asosan, davlat nazoratiga ayrim tovarlar va xizmatlar ro`yxati kiritiladi. Jumladan, bozordagi etakchi mavqe kasb etuvchi, davlat reestriga kiritilgan ishlab chiqarish korxonalari va tabiiy monopoliya sub`ektlari tarafidan   ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ni aytish mumkin. Masalan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joylarda davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari vakolati doirasida alohida mahsulotlarga qo`yilgan narxlar (masalan, un), alohida tovarlar uchun belgilangan va cheklangan narxlar, hukumat qarorlari bilan belgilangan narxlar:  masalan, avtobenzin, dizel yoqilg`isi, alkogol mahsulotlaining minimal qiymati (pivodan tashqari)bunga misol bo`la oladi.

Bu ro`yxatga kirmagan boshqa mahsulotlar va xizmatlar narxi erkin belgilanadi. 

Шарҳлар