Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs ishlamasa, aliment miqdori qanday hisob-kitob qilinadi?
Sh.Narzieva, Qashqadaryo viloyati
B.Yusupov, Adliya vazirligi huzuridagi sud departamenti direktori o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasiga ko`ra, voyaga etmagan bolalariga ta`minot berish haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmasa, ularning ta`minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining ikkita bola uchun - uchdan bir qismi miqdorida undirilishi belgilangan.
Oila kodeksining 140-moddasiga muvofiq voyaga etmagan bolalarga to`lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqilishi, aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo`lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo`lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O`zbekiston Respublikasidagi o`rtacha oylik ish haqi miqdori bo`yicha hisoblab chiqilishi belgilangan.