my5
Sevimli

“Staj to`liq bo`lmasa, pensiya qanday hisoblanadi?"

Savol-javob 18.01.2016, 12:04
“Staj to`liq bo`lmasa, pensiya qanday hisoblanadi?"

"Ish staji to`liq bo`lmaganda yoshga doir pensiya qanday hisoblanadi?

M.Bozorov, Navoiy viloyati

M.ZIYaDULLAEV, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati direktorining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi qonuni 29-moddasiga asosan ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va yoshga doir pensiya uchun yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo`lmasligi lozim.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizom”ning 130-bandiga asosan to`liq bo`lmagan ish staji holatida pensiya mavjud stajga mutanosib ravishda quyidagicha  hisoblab chiqiladi: dastlab tegishli to`liq pensiya aniqlanadi, ushbu pensiya talab etiladigan ish staji oylari soniga bo`linadi, olingan summa amaldagi ish staji oylari soniga ko`paytiriladi.

Шарҳлар