AsosiyJamiyat

Sirdaryoda is gazidan zaharlangan oilaning ikki farzandi ham jonlantirish bo`limida vafot etdi

'Sirdaryoda is gazidan zaharlangan oilaning ikki farzandi ham jonlantirish bo`limida vafot etdi'ning rasmi

Sal avval Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida ayol va uning voyaga etmagan farzandi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Vafot etgan ayolning boshqa voyaga etmagan farzandlari Q.Sh. va Q.Sh. is gazidan zaharlanib, Xovos tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limida yotqizilgan edi.

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga xabar berishicha, qolgan ikki jabrlanuvchi ham is gazidan o`tkir zaharlanish oqibatida vafot etdi. 

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv ustidan nazorat o`rnatilgan bo`lib, natijasi haqida qo`shimcha axborot berilishi ta`minlanadi, deyilgan taqdim etilgan ma`lumotda. 

Eslatib o`tamiz:

2020 yil 6 noyabr kuni Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishdi.

30 oktyabr kuni Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Shuningdek, oktyabr oyida nikoh to`yiga ikki kungina bo`lgan yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bir necha kun avval esa Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo`lda esa bir oila is gazidan zaharlandi.

    Boshqa yangiliklar