my5
Sevimli

“Bog`chaga oldindan navbatga turishimiz kerakmi?”

Savol-javob 27.01.2016, 12:05
“Bog`chaga oldindan navbatga turishimiz kerakmi?”

«Bir oydan so`ng farzandli bo`lamiz. Bolalarni bog`chaga berish uchun oldindan navbatda turish kerak ekan. Biz bolamizni qachondan bog`chaga bera olamiz?»

I. Shukurova,  Samarqand sh

Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari E. ISKANDAROV javob beradi:

 “O`zbekiston Respublikasida Davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risida”gi Nizom (Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi №225-sonli qarorga asosan tasdiqlangan)ga ko`ra, bolalar bog`chasiga qabul ikki yoshdan boshlanadi. Bu hujjatda qaysi paytdan navbatda turish ko`rsatilmagan, siz farzandingiz tug`ilganidan keyin o`zingiz yaqin hududdagi maktabgacha tarbiya muassasasiga  murojaat qilishingiz mumkin.

Шарҳлар