my5
Sevimli

“Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga qancha to`layman?”

Savol-javob 29.01.2016, 12:26
“Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga qancha to`layman?”

«Kvartirani oldi-sotdi qilish shartnomasi uchun notariusga qancha boj to`lanadi?»

Babur Xametov, Qarshi sh.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i D. YaKUBOVA javob beradi:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4 bandiga muvofiq,
kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod ta`minlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini (yaqin qarindoshlardan tashqari)  boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun   1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqininig 5 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 

Шарҳлар