my5
Sevimli

Gazeta va jurnal chakana savdosi uchun soliq to`lovi qancha?

Savol-javob 30.01.2016, 16:29
Gazeta va jurnal chakana savdosi uchun soliq to`lovi qancha?

Men ko`p tarmoqli “Orzu daraxti” nomli firmani 9 yildan buyon boshqaraman. Gazeta va jurnal savdosi bilan shug`ullanaman. Ana shu faoliyat uchun to`lanadigan soliq miqdorini bilmoqchi edim.

F.Ismoilova, Jizzax shahri

E.GADOEV, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ga muvofiq tartibga solinadi.

Mazkur Qoidalarda chakana savdo — savdo sohasida pirovard iste`molchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga nakd pulga donalab yoki uncha ko`p bo`lmagan miqdorda tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish, deb ta`rif berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida”gi PQ-2270-sonli qarorining 10-2-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovining stavkalari tasdiqlangan bo`lib, unga ko`ra chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to`lovi aholisi soni 100 ming va undan ko`p kishidan iborat shaharlarda — 4 foiz, boshqa aholi punktlarida — 2 foiz hamda borish qiyin bo`lgan va tog`li erlarda — 1 foiz qilib belgilangan.

Yuqorida qayd etilganlarga muvofiq, Jizzax shahrida joylashgan ko`p tarmoqli “Orzu daraxti” firmasi gazeta va jurnallarning chakana savdosi bilan shug`ullanganligi uchun 4 foiz miqdorida yagona soliq to`lovini amalga oshiradi.

 

Шарҳлар