my5
Sevimli

Noqonuniy taksi haydovchilariga qanday chora ko`riladi?

Savol-javob 30.01.2016, 18:33
Noqonuniy taksi haydovchilariga qanday chora ko`riladi?

“Lisenziyasiz haydovchilarga nisbatan qonunchiligimizda  qanday choralar belgishlangan?”

A. Ne`matov,

Samarqand shahri

Savolga Toshkent shahar hokimligi yo`lovchi   transportining   barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti bosh mutaxassisi Dilshod Fayzullaev javob beradi:

— Yo`lovchi transportlarining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Davlat Soliq qo`mitasi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Toshkent shahar yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi  bilan hamkorlikda nolegal taksi haydovchilarini aniqlash ishlari bajarilmoqda.  O`tgan yil hisobotiga yuzlansak, yo`lovchilar tashish  qoidalarini buzish bilan bog`liq  21 000 ga yaqin holat aniqlangan. Bular orasida yo`lovchilar tashish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo`lmaganlar soni 2000 tani tashkil qiladi. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga asosan lisenziyasiz yo`lovchi tashish bilan shug`ullangan jismoniy shaxslar ishi sud tomonidan ko`riladi. Shuningdek, departament tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan, avtomobil texnik holatidan xabar beruvchi tegishli hujjat va sug`urta shartnomasi mavjud bo`lmagan 6000ga yaqin holat aniqlandi.  Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik Kodeksining 173  – moddasida «Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug`ullanish – fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga   esa ellik barvaridan yuz ellik barvarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi» deyilgan. Fuqaro tomonidan qonunbuzarlik holatlarining qayta takrorlanishi eng kam ish haqining 25 baravaridan 75 baravarigacha jarima, 5 yilgacha haydovchilik guvohnomasining bekor qilinishi, (muayyan hukquqdan mahrum qilish)  yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolaniladi. 

Шарҳлар