AsosiySavol-javob

TURIZM: Qaerda chang`i uchsa bo`ladi?

«2016 yilda O`zbekistonda tog`-chang`i kurorti qurilar ekan. Aynan qaerda quriladi?
M. Kvon,  Navoiy.
 
 «O`zbekturizm» matbuot xizmati javob beradi:
- Yangi, tog`-chang`i qurorti Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Mingchinor qishlog`i hududida qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur kurort mehmonxonalar, dor yo`llari, tajribali chang`ichilar uchun maxsus trassalarni o`z ichiga oladi. Mirishkor tumanidagi Achinko`l ko`li yaqinida ham mehmonxona, o`tovlar, suv havzalarini o`z ichiga olgan dam olish maskani qurilishi ko`zda tutilgan. Ko`l bo`yida baliq ovlash, motorli qayiqlarni ijaraga olish va boshqa ko`plab suv sayohatlarini amalga oshirish mumkin. Hozirda sarmoyadorlarni jalb ishlari davom etayotir.

    Boshqa yangiliklar