Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

KULINARIYa: Bizning oshpazlar karving bo`yicha mukofot olishadimi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар:
Добавлено: 13.02.2016, 11:59

Keyingi paytlarda karving san`ati juda ommalashib ketdi. Bizning mutaxassislarimiz o`z ishlarini xalqaro tanlovlarda namoyish etishlari mumkinmi?»

G. Mamatkulova,. Namangan.

O`zbekiston Oshpazlar uyushmasi menejeri Tatyana BOGOLYuBOVA javob beradi:

- Karving – oziq ovqat servisi va turar-joylarga sayqal berish, xususan meva va sabzavotlarga badiiy bezak berish san`atidir. Ustalar turp, sholg`om, lavlagi, sabzi, kabachki, qovoq, baqlajon, piyoz, karam, bodring, tarvuz, qovun va boshqa mahsulotlarga antiqa bezaklar berishadi. Gohida bu san`at asari qanday mahsulotdan yasalganini ham bir qarashda aniqlashning imkoni bo`lmaydi. Ilgari bu san`at bilan faqat restoran oshpazlari shug`ullangan bo`lsa, endi uy bekalari ham bu san`atni egallashmoqda. Mahsulotlarga bezak berish san`atini maxsus kurslarda ham o`rganish mumkin. Bizning mutaxassislarimiz bu san`at bo`yicha xalqaro tanlovlarda ham ishtirok etib, nufuzli o`rinlarni qo`lga kiritishmoqda. O`tgan yili O`zbekiston oshpazlari uyushmasi jamoasi Xalqaro bosh oshpazlar uyushmasi   (WACS) tashabbusi bilan Gresiyada o`tkazilgan  pazandachilik san`ati festivalida ishtirok etib qaytishdi. Unda vakilimiz Burhon Uzoqov 3-o`rinni egalladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

Savol-javob