Men yaqinda oliy o`quv yurtini tugatib, maktabda ish boshladim. Aytingchi, ta`lim muassasalarida o`qituvchilar rahbarlik qilayotgan guruhlari uchun guruh rahbarlik shtati belgilanganmi?
O`. Safarov, Shahrisabz shahri
Zayniddin XUDOYBERDIEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining o`rinbosari:
— Ta`lim muassasalarida guruh rahbarligi uchun alohida shtat tashkil etilmagan, lekin Vazirlar Mahkamasining “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lash to`g`risida”gi Nizomida O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi xodimlariga ustamalar va qo`shimcha to`lovlar bazaviy ta`rif stavkasiga qo`shimcha to`lovlarning turlari belgilangan. Unga ko`ra:
- guruh rahbarligi uchun – eng kam oylik ish haqining 100 foizi
- yozma ishlarni tekshirish uchun – eng kam oylik ish haqining 50 foizi
- o`quv va labaratoriya kabineti mudirligi uchun – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdori qo`shimcha to`lov to`lanadi.