Sevimli

Haydovchi uy hayvonini turtib ketsa, etkazilgan zararni qoplaydimi?

Savol-javob 01.03.2016, 16:21
Haydovchi uy hayvonini turtib ketsa, etkazilgan zararni qoplaydimi?

Haydovchi harakat vaqtida uy hayvonlariga zarar etkazsa, uni zararini qoplashi shartmi? Hayvon egasi ham haydovchi oldida javobgar bo`ladimi?

M.Akmalov, Xorazm viloyati

Xolmatjon SAYDALIEV, Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i:

Amaldagi “Yo`l harakati qoidalari”ning 27-“Velosiped va aravalar harakatlanishi, shuningdek, hayvonlarni haydab o`tishga doir qo`shimcha talablar” deb nomlangan bandida hayvonlarni yo`lning qatnov qismida olib yurish talablari batafsil bayon qilingan. Agar haydovchi harakat vaqtida uy hayvonlariga zarar etkazsa va surishtiruv davrida uning aybdorligi isbotlansa etkazilgan zararni qoplaydi. Aksincha, hayvonlarga qarovchi aybdor deb topilsa, hayvon egasi haydovchi oldida javobgar bo`ladi.

Шарҳлар