my5
Sevimli

Nikohdan ajrashish uchun ariza berilganda davlat boji kimdan va qancha miqdorda undiriladi?

Savol-javob 20.05.2021, 13:18
Nikohdan ajrashish uchun ariza berilganda davlat boji kimdan va qancha miqdorda undiriladi?

Tahririyatga Toshkent shahridan Sh.Akbarova quyidagicha murojaat yo`lladi:

 — FHDYoga nikohdan ajrashish yuzasidan ikkala tomoni roziligi bilan ariza berilganda 490 000 so`m davlat boji to`lanar ekan. Ushbu to`lov kimdan undiriladi? 

Savolga javob olish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudi sudyasi Jasur SIROJEV bilan bog`landik:

— “Davlat boji to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga ko`ra, sud tomonidan er va xotin o`rtasidagi qonuniy nikoh bekor qilinganida quyidagi ta`rifdagi miqdorda davlat boji undiriladi:

  • voyaga etmagan bolalari bo`lmagan er-xotinlarning o`zaro roziligi bo`yicha er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida;
  • agar er-xotin birinchi nikohda bo`lsa, sud qaroriga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 dan 3 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
  • er-xotindan biri takroriy nikohda bo`lsa, sud qaroriga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 dan 4 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan) davlat boji undilishi mumkin.

Eslatimiz o`tamiz, 2021 yil 1 fevraldan boshlab, Respublikamizda bazaviy hisoblash miqdori 245.000 so`m etib belgilangan.

Dildora NAZAROVA

Шарҳлар