AsosiySavol-javob

O`qish davri stajga qo`shiladimi?

Oliy o`quv yurtida tahsil olgan hamda bola parvarishi uchun ketgan davr ish stajiga qo`shiladimi?

N.Shukurova, Farg`ona viloyati

M.ZIYaDULLAEV, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o`rinbosari:
 

— “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonunning 37-moddasi quyidagi bandlari pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shib hisoblanadi:

e) oliy ta`lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi o`qish, shu jumladan chet elda o`qish;

j) bola 3 yoshga to`lguncha bolani parvarishlash ta`tillarida bo`lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko`pi bilan 3 yil.

Mazkur bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning "a"-,,g" bandlarida ko`rsatib o`tilgan umumiy staj kamida 5 yil bo`lgan taqdirda ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar