Otam anchadan beri og`ir kasal. O`rnidan boshqalarning yordamisiz tura olmaydi. Ularga nogironlik aravachasi olib bermoqchiman, buning uchun qaerga murojaat qilishim kerak?
Sojida Hakimova, Urgut tumani
Bahodir NIZOMOV, Mehnat vaziri o`rinbosari:
“O`zbekiston Respublikasida muhtoj fuqarolarni protez-ortopediya mahsulotlari va reablitasiya texnik vositalari bilan ta`minlash tartibi to`g`risida”gi yo`riqnomaga muvofiq, nogironlarni nogironlar aravachasi bilan ta`minlanishi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tasarrufidagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining tibbiy xulosasi asosida tuman, shahar Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2006 yildagi 17 apreldagi “O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 325-sonli Qaroriga muvofiq, nogironlar aravachasini o`rnatilgan tartibda olish huquqi bo`lmagan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu vositani vaqtinchalik foydalanishga olish uchun tashkil etilgan prokat punktlaridan foydalanishlari mumkin.