AsosiySavol-javob

Afg`on urushi qatnashchisiga imtiyoz bormi?

Afg`on urushi qatnashchilariga nafaqaga chiqishlari uchun imtiyozlar bormi?

Rahmonberdi Soatov, Farg`ona viloyati

Mahmudjon ZIYaDULLAEV, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o`rinbosari:

—“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonunning 28-moddasi “J” bandiga asosan, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida har oylik pensiyasiga ustama haq belgilangan.

Shuningdek, ushbu Qonunning 38-moddasi “a” bandiga muvofiq, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovor harakatlar davrida partizan otryadlari va qo`shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovor harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar