AsosiySavol-javob

“Oyligimdan kontrakt to`layman, mendan soliq ushlanadimi?”

“Farzandimning o`quv-kontrakt to`loviga oylik maoshimni yo`naltirsam, soliq imtiyozi qo`llaniladimi?”

M.Musaeva, Kitob tumani

Savolga Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari Erkin GADOEV javob beradi:

- Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi hamda “O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun yo`naltiriladigan mablag`larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i bo`yicha imtiyozni qo`llash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 1-bandiga asosan, 2010 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishga — o`zining o`qishi yoki yigirma olti yoshga to`lmagan farzandlarining ta`lim olishi uchun yo`naltiriladigan mablag`lariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmasligi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar