Sevimli

Haydovchi avtohalokat joyidan qochib ketganiga guvoh bo`lsangiz...

Savol-javob 02.04.2016, 11:44
Теглар: Avto, YTH
Haydovchi avtohalokat joyidan qochib ketganiga guvoh bo`lsangiz...

“Kuni kecha yo`lda ketayotib bir holatning guvohi bo`ldim.  Katta tezlikda kelayotgan avtomobil piyodani turtib yuborib, o`zi qochib ketdi. Nima qilishni bilmay qoldim. Mana shunday hollarda qanday yo`l tutish kerak. Mening guvohligim voqeaga aniqlik kiritishda ahamiyatga egami?”

Dildora, Sirdaryo viloyati

Mazkur savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i Xolmatjon Saydaliev javob beradi:

—  Agar haydovchi boshqaruvida bo`lgan transport vositasida ikkinchi transport vositasi bilan yo`l-transport hodisasi sodir etib yoki piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolsa, zudlik bilan yaqin oradagi IIBga xabar yoki transport vositasi haqida ma`lumot bering.

Voqeaga guvohlar tomonidan olingan ma`lumotlar va ko`rsatmalar asosida IIB xodilari transport vositasini aniqlash va topish bo`yicha qidiru va surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Buning natijasida hodisa joyidan ketib qolgan transport vositasi va uning haydovchisi aniqlanmagan holda etkazilgan zarar sug`urta idoralari tomonidan qonunda belgilangan tartib asosida qoplanadi.

Шарҳлар

Toshkent viloyatida 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

22.01.2022, 09:02

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan O`rta Chirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda,  Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani hududidan...
Indoneziyadagi YTH oqibatida 19 kishi halok bo`ldi

21.01.2022, 23:27

Indoneziyaning Balikapan shahrida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda The Indonesia xabar bermoqda. Qayd etilishicha, YTH oqibatida 19 kishi halok bo`lgan va 22 kishi tan jarohati...
Farg`onada "Lacetti" haydovchisi bolasini ko`tarib ketayotgan ayolni urib yubordi

19.01.2022, 20:27

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Farg`onada "Lacetti" haydovchisi ona va bolani urib yuborganligi bo`yicha ma`lumot berildi.  Bugun, 2022 yil 19 yanvar kuni soat 11:00 larda, Farg`ona shahar...
Toshkentda 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Natijada...

11.01.2022, 00:29

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan  Olmazor tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan tezkor xabar berildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2022 yil 10 yanvar kuni soat 22:20 larda Toshkent shahar,...