“Bola parvarishi nafaqasi olish uchun qanday hujjatlar yig`ishim kerak?”
Dilnoza Madalieva,
Qo`qon shahri
Savolga Mahalla xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi o`rinbosari D.Allaev javob beradi:
—O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevralda 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida"gi Nizomning13-bandida talablariga ko`ra:
• bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to`g`risida fuqarolar yig`ini raisi nomiga ariza;
• oilaning tarkibi va daromadlari to`g`risidagi ma`lumotlar;
• ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
• bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish uchun — bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari nusxalari.
• agar bolalar vasiylikka olingan bo`lsa vasiylik va homiylik organining qaroridan ko`chirma hujjatlarni ilova qilishi belgilangan.
Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to`g`risidagi arizaga, ariza beruvchining xohishiga ko`ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkinligi ko`rsatilgan.