So`nggi paytlarda avtobus haydovchi va konduktorlarining yo`lovchilarni ochiqdan ochiq kamsitishi, haqoratlashi kabi holatlar ko`payib qoldi. Bunday vaziyatdan ularning ustidan kimga, qaysi idoraga shikoyat qilish kerak?
Dilnoza Shomuhamedova, Toshkent shahri
A.Sodiqov, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari:
- Agar yo`lovchi yuqoridagiga o`xshash vaziyatga duch kelsa, quyidagi idoralarga shikoyat qilishi mumkin:
- “Toshshahartransxizmat” AJning “ishonch telefoni” 1062 ga qo`ng`iroq qilish orqali;
- Yo`nalishga xizmat ko`rsatayotgan avtokorxonaga bevosita murojaat qilish bilan;
- “Toshshahartransxizmat” AJning www.tshtx.uz saytida ma`lumot qoldirish vositasida;
- Davlat xizmatlarining yagona interaktiv portali my.gov.uz da “Toshshahartransxizmat” AJ bo`limini tanlab, xabar qoldirish bilan.
Mazkur holatda shikoyatchi ko`ngilsiz vaziyat sodir bo`lgan sana, vaqt, yo`nalish raqami, avtobusning davlat yoki garaj raqamini ko`rsatishi zarur.
Bundan tashqari “Darakchi” gazetasining 7 iyul kuni sotuvga chiqadigan 27-sonida avtomashinani texnik ko`rikdan o`tkazish uchun zaruriy hujjatlar ro`yxati, metro mashinistlari tayyorlaydigan o`quv muassasasi hamda abiturientlarni qiziqtiradigan boshqa savollarga javob topish mumkin bo`ladi. O`tkazib yubormang!