Savdo majmuasida plastik orqali to`lov qilayotganimda, kassir bank plastik kartochkam ishlamayotganini va amal qilish muddati tugaganligini aytdi. Oddiy bank plastik kartochkalarning amal qilish muddati borligini bilardim, axir meniki onlayn-ku? Shunday bo`lishi mumkinmi? Endi ichida qolgan mablag`im nima bo`ladi? “Darakchi” gazetasiga kelib tushgan navbatdagi savol mana shunday bo`ldi.
Mazkur savolga Yagona umumrespublika prosessing markazi bo`lim boshlig`i Nigora Azizxodjaeva javob berar ekan onlayn kartochkalarning ilk foydalanuvchilariga o`z plastik kartalarini yangilash muddatlari kelganligini ta`kidladi.
Mutaxassis plastik kartochka muddatlari, mijozlar qay tariq ogohlantirilishi, kartochka ichidagi mablag`ning taqdiri kabi savollarga “Darakchi” nashrining 21 iyul kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida javob qaytaradi.