AsosiySavol-javob

Toshkentlik viloyatda amaliyot o`tashi mumkin emasmi?

Singlim Tibbiyot akademiyasida Davolash ishi yo`nalishida ta`lim oladi. Eshitishimizcha, bu yo`nalishda Surxondaryo viloyatida mutaxassis etishmas ekan. Shuning uchun o`z amaliyotini o`sha erda o`tamoqchi edi. Ammo dekani seni propiskang Toshkentda, shuning uchun mumkin emas, deb qo`ymabdi. Shu asolimi?

Anvar Alimov, Sog`liqni saqlash vaziri:

  • Bu holatda rahbar sifatida qiz bola bo`lgani uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan yo`l qo`yishmagandir. Ammo ota-ona roziligi bilan istagan joyiga, ayniqsa kadr etishmay turgan hududlarga amaliyot uchun yuborish mumkin. Lekin tez orada kadr etishmalik masalasi ham hal bo`ladi. Sababi, bu yil oliy tibbiyot bilim yurtlari bitiruvchilari bilan Sog`liqni saqlash vazirligida bittama bitta uch tomonlama shartnomalar imzolanib, barcha hududlarda ish bilan ta`minlash amalga oshirildi. Shu shartnomalarning 50 foizi amalga oshirildi, qolgani esa hali magistratura bosqichida ta`lim olishyapti.

“Darakchi” gazetasining 28 iyul kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida “yangi uyga ko`chgandim, pensiyamni qisqartirishdi”, “ko`zi ojizlarga soliqda imtiyoz bormi?”, “akademik ta`til olsam, kontraktda o`qiymanmi?” hamda “uchuvchilar qaerda tayyorlanadi” kabi ko`plab savollarga javob topishingiz mumkin. O`TKAZIB YuBORMANG!

Boshqa yangiliklar