Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.
— Savolim shundan iborat: bo`ydoqlar shahvoniy xayollarga berilib ko`p gunoh ishlar qilib qo`yishmoqda. Bunday narsalardan saqlanish uchun nimani tavsiya qilasiz?
— Avvalo, balog`atga etgan va oilasini nafaqa bilan ta`minlay oladigan yigitlar uylanishlari kerak. Mana shu masalaning eng yaxshi echimidir. Uylanishga qodir bo`lmasalar, nafl ro`za tutib yuradilar. Shu yo`l bilan shahvoniy hirslari oz bo`lsa-da bosiladi. Shuningdek, Qur`on o`qish, Allohni zikr qilish, o`limni ko`p eslash shahvatni kesadi, qalbda Allohdan qo`rqish hisini paydo qiladi. Alloh bizni doim ko`rib-kuzatib turganini unutmaylik, hozir qilayotgan gunohlarimiz uchun qiyomatda, albatta, javob beramiz. Hech bir xatti-harakatimiz e`tibordan chetda qolmaydi!