AsosiySavol-javob

“Plastik”dagi pul qayoqqa yo`qoldi?

Yaqinda plastigimda muayyan miqdordagi pul yo`qolganini sezib qoldim. Bu holatda kimga murojaat qilishim kerak?

Dilfuza Inog`omova, Chirchiq sh.

M. EShMATOV, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 30 aprelda 1344-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O`zbekiston Respublikasida muomalada bo`lishi tartibi to`g`risida Nizomga muvofiq, har bir plastik karta egasi o`z kartasi hisobidagi pul mablag`ini tasarruf etish huquqini beruvchi shaxsiy identifikasiya raqami (PIN-kod)ga ega. PIN-kod karta o`g`irlangan yoki yo`qotib qo`yilgan taqdirda ham xavfsizlikni ta`minlovchi so`nggi to`siqdir. Plastik karta taqdim etilayotgan paytdagi bank-mijoz shartnomasiga muvofiq, karta PIN-kodi uning egasi tomonidan boshqa shaxsga oshkor qilingan taqdirda, barcha tranzaksiyalar uchun mas`uliyat karta egasi zimmasida qoladi. Noto`g`ri terilgan PIN-kod plastik kartani avtomatik ravishda blokirovka qilishga asos bo`ladi. Plastik karta ochilgan bankka ariza bilan murojaat qilib, kartangizdagi pul mablag`lari ishlatilishi bilan bog`liq batafsil ma`lumotni olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar