AsosiySavol-javob

«Aziz» va «Karim» ismlarini qo`yish mumkinmi?

— Aziz, Karim, Rahmon, Rahim kabi ismlarni qo`ysa bo`ladimi yoki ularga «abdu(l)» qo`shimchasini qo`shish kerakmi? Odamlarni chaqirishda ham «Aziz» emas, «Abdulaziz», deyish talab etiladimi?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

— Alloh taoloning ism va sifatlaridan ba`zilari, jumladan, Rahim, Salom, Aziz, Halim, Karim, Hakim, Ali(y), Vali(y), Rauf, Rashid, G`ani(y) kabilarni farzandiga ism sifatida «abdu» qo`shimchasisiz qo`ysa bo`ladi. Shuningdek, bu ismlarni «abdu» bilan, masalan, «Abdurahim», «Abdusalom», «Abdukarim» shaklida ishlatish ham mumkin.

Demak, yuqorida biz sanab o`tgan ism va sifatlar bandalarga ham qo`llash joiz. Biroq bundan boshqalari, jumladan, Samad, Ahad, Rahmon, Jabbor, Vohid, Ahad, G`affor, Razzoq, Alim, Bosit, G`afur, Qayum kabilar «abdu» qo`shimchasisiz ism sifatida qo`yilmaydi.

muxlis.uz saytidan olindi.

Boshqa yangiliklar