Sevimli

Jin tegishidan qanday saqlansa bo`ladi?

Savol-javob 22.11.2016, 11:40
Теглар: Savol-javob
Jin tegishidan qanday saqlansa bo`ladi?

Men kechqurun ko`p bosinqirayman. Tushimda g`alati odamlarni, xunuk ayollarni ko`raman. Jinlar bo`lsa kerak, ustimga kelib, ko`ksimni bosishadi, bo`g`ishadi. Qo`rqib uyg`onib ketaman. Keyin Qur`on o`qiyman. Bunday narsalar bo`lmasligi uchun nima qilish kerak?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Jin tegishi Qur`oni karim va hadisi shariflar bilan sobit bo`lgan. Jin tegishi xayoliy yo to`qima narsa emas, haqiqatdir. Banda jinlar zararidan saqlanishi uchun ibodatlarni vaqtida bajarishi kerak. Xususan, namoz o`qigan inson Allohning panohida bo`ladi. Keyin ozoda yurishga harakat qiling. Hadisda teshikka bavl qilishdan qaytarilgan. Qolaversa, hammomda bavl qilishdan ehtiyot bo`linadi. Chunki, bu vasvasaga sababdir. Yana zikr, duo va salavotlar Allohning izni bilan bandani turli shikast-balolardan saqlaydi. Hadisi shariflarda Oyatul kursiyni o`qigan odam shayton va jinlar zararidan mukammal himoyalanishi aytilgan. Sizga maslahatimiz, uyqudan oldin Oyatul kursiy, Kofirun, Ixlos, Falaq va Nos suralarini o`qing, duo qiling, zikr-tasbehlar ayting. 

Шарҳлар

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...