Sevimli

«Yosharishga harakat qilish joizmi?»

Savol-javob 06.12.2016, 11:44
Теглар: Savol-javob
«Yosharishga harakat qilish joizmi?»

Odamlar orasida o`zga millatlar, xususan tibet xalqlari tabobatidan foydalangan holda yosharish usullari urf bo`lgan. Bu usullar katta yoshlilarga qo`l kelmoqda. Yosharish umidi qayta uyg`onmoqda. Dinimizda yosharishga harakat qilishga qanday munosabat bildirilgan. Shu ish to`g`rimi?

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Islom shariatida bandalarning sog`-salomat bo`lishlari, uzoq umr ko`rib, solih amallarni ko`proq qilishlariga targ`ib qilinadi. Inson umri u qilgan yaxshi amallar sababidan uzayadi. Chunki qilingan yaxshilik uning umriga baraka kiritadi. Yaxshilik ko`rgan odam yaxshilik qilgan kishining haqqiga duo qiladi. Insonlarning duosini olish, qalbni yomon o`y-fikrlardan saqlash kishining umri uzoq bo`lishiga sababdir.

Abdulloh ibn Busrdan rivoyat qilinishicha, bir a`robiy «Ey Rasululloh, odamlarning eng yaxshisi kim?» deb so`radi. U zot «Kimning umri uzun va amali chiroyli bo`lsa (o`sha odamlarning eng yaxshisidir)», dedilar (Termiziy, Ahmad va Tabaroniy rivoyati. Sanadi sahih). Ushbu rivoyatga ko`ra, qaysi bandaning umri uzun va qilgan ishlari yaxshi bo`lsa, u odamlar ichidagi eng afzalidir. Sababi, u uzoq umri davomida juda ko`p ezgu amallarni bajarib, ko`pchilikka manfaat etkazgan, qolaversa, oxirati uchun zahira tayyorlagan hisoblanadi. Shundan ma`lumki, mo`min banda sog`lom bo`lishga, uzoq yashashga va yaxshi amallarni qilishga intilishi joiz va marg`ubdir. Uzoq umr ko`rishdan maqsad ko`proq lazzatlanish, kayfu safo qilish bo`lmasligi kerak. U holda ming yil yashashning ham foydasi yo`q. Muhimi, ozmi-ko`pmi mazmunli hayot kechirishga, imon-e`tiqod bilan yashashga intilish lozim.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) «Ey Alloh, men Sendan dangasalikdan panoh so`rayman, qo`rqoqlikdan panoh so`rayman, qarilikdan (ojizlikdan) panoh so`rayman, baxillikdan panoh so`rayman», deb aytardilar (Buxoriy va Nasoiy rivoyati).

Bu erda Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) qarib, ojiz qolishdan, biror ishga yaramay qolishdan panoh so`raganlari aytilmoqda. Demak, o`ta qarib, qartayib, jismoniy harakatdan ojiz qolishdan saqlashini so`rab duo qilish kerak. Bu yo`lda yosharish, sog`likni saqlash uchun harakat qilish lozim bo`ladi. Boshqa bir rivoyatda kuchli mo`min kuchsiz mo`mindan afzalligi aytilgan.
Xulosa qiladigan bo`lsak, yosharishga, yoshlikni uzoq vaqt saqlab qolishga harakat qilish joiz. Agar yaxshi niyatda qilinadigan bo`lsa, bu harakat uchun ham savob olinadi. Ammo bu ishni halol usullar bilan amalga oshirish kerak. Dinimiz taqiqlagan, nopok narsalarni iste`mol qilish, noma`qul mashq va usullar bilan yosharishga intilish joiz emas. Men tibetliklar bu borada qanday usullarni tavsiya qilishganini bilmayman. Har qanday holatda ham ular ichidan shariatga muvofig`ini olish joiz bo`lsa kerak.

muxlis.uz saytidan olindi.

Шарҳлар

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...