sevimli
Sevimli

Folbinlik qilganlarning gunohlari kechirilmaydimi?

Savol-javob 12.12.2016, 10:58
Теглар: Savol-javob, SUGDIYONA
Folbinlik qilganlarning gunohlari kechirilmaydimi?

Bu savolni berishga sal iymandim-u, ammo na iloj... Men ancha yil avval folbinlik qilganman. Buning shirk ekanini bilmagandim. Bunday ish bilan shug`ullanuvchilarning oxirati kuyib ketishi haqida aytishsa ham, quloq solmaganman. Folbinga ham borganman, buning ham shirkligini bilmagandim. Hozir ming pushaymon ila bu ishdan chetlandim. Nahot endi men bu ishlarni qasddan qilgan bo`lib, tavbam qabul bo`lmasa? Endi borar joyim aniq jahannammi?!

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Avvalo, vaqtida xatongizga iqror bo`lib, tavbaga yuzlanganingiz yaxshi bo`libdi! Alloh bardavom qilsin!

Yaratgan Zot bandalariga juda mehribon. Odam bolasi bilib-bilmay gunohga qo`l urib, keyin astoydil tavba qilsa, gunohi qancha katta bo`lmasin, uni kechiradi. Bu haqida shunday marhamat qilingan: «(Ey Muhammad, turli gunohlar bilan) o`z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga: “Allohning rahmatidan noumid bo`lmang! Albatta Alloh (O`zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag`firat qiladi. Albatta Uning O`zi mag`firatli, mehribondir», deb ayting» (Zumar surasi, 53-oyat).

 Shunday ekan, siz Allohga haqiqiy tavba qiling, solih amallarda bardavom bo`ling! «Gunohim kechirilmasa-ya?», deb xavotir olmang. «Boshqa qilmayman, tavba qildim», deb Allohga so`z berdingizmi, bo`ldi, U Zot gunohingizni kechiradi. Bundan keyin shariatga muvofiq yashasangiz bo`lgani.

Shu o`rinda bir muhim narsani eslatib o`taylik. Tavba qilgan odam har doim o`sha gunohini eslaganda, qilmishiga pushaymon bo`lishi kerak. Ba`zi kishilar: «Biz gunohlarimizga tavba qilganmiz», deya turib ham o`sha gunohni eslaganlarida, qalblarida zarracha pushaymonlik his qilmaydilar. Aksincha, gunoh qilib yurgan chog`larini yodga olib, «Ammo lekin o`sha paytlar zo`r edi-da», deb qo`yadilar. Ularning bu gapi tavbalarining haqiqiy emasligini ko`rsatadi.
Xulosa qilsak, har bir gunohkor chin dildan tavba qilsa, Alloh uning barcha gunohlarini kechiradi. Bu haqda Imom G`azzoliy (rahmatullohi alayh) shunday degan: «Allohga biror narsani qilish vojib emas. Lekin Alloh ba`zi narsalarni O`ziga vojib qilib qo`ygan. Agar kimda-kim chin dildan tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qilib, fazlu marhamati bilan gunohlarni kechirib yuboradi».

muxlis.uz saytidan olindi

Шарҳлар

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...