AsosiySavol-javob

«Shartnoma pulini to`laganlar soliqdan ozodmi?»

— Ukam shartnoma asosida tahsil oladi. Shartnoma pulini men to`layman.  Otam vafot etgani bois oilaning moddiy ta`minoti mening zimmamda. Eshitishimcha, shartnoma pulini to`layotganlar daromad solig`idan ozod bo`lar ekan. Shunga aniqlik kiritsangiz. To`langan shartnoma pulidan daromad solig`ini qaytarib olsam bo`ladimi?

Nodir Fayziev, Samarqand shahri

 

Murojaatga Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati boshlig`i Muzaffar YuSUF NAZAROV javob beradilar.

— O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari tarkibi ko`rsatilgan. Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: - Ushbu moddaning 31-bandiga asosan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining: O`zbekiston Respublikasi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun (o`zining o`qishi yoki yigirma olti yoshga to`lmagan farzandlarining o`qishi uchun) yo`naltiriladigan summalari daromad solig`idan ozod qilinishi ko`rsatilgan. Shu sababli ukangizning o`qishi uchun to`langan pulingiz daromad solig`idan ozod qilinmaydi.

 

 

Boshqa yangiliklar