Sevimli

Nikohga majburlash hukmi haqida

Savol-javob 13.12.2016, 11:06
Теглар: Savol-javob
Nikohga majburlash hukmi haqida

Akam 24 yoshda. Ota-onam «Oila qurish vaqti kelgan», deb xolamning qizini akamga olib berishmoqchi. Ammo akam bunga qarshi. Hamma qavm-qarindoshlarning xohish-istagi shu. Agar akam u qizga uylanmasa, onam va xolam o`rtasida dilxiraliklar ham kelib chiqish ehtimoli bor. Ota-onam farzand uchun padari buzrukvori va onasining aytgani qonun ekani, ularning roziligi uchun farzand ularning aytaganini qilishi shart ekanligini ta`kidlashmoqda. Ammo akam ham dindan dalil keltiradi va majburan uylantirish, qiz yoki yigit norozi bo`lsa, oila qurish nojoizligini aytmoqda. Ota-onam roziligi uchun akam ko`ngliga qarshi chiqsinmi yoki ota-onamni bu ishdan qaytaraylikmi?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Yigit o`z xolasining qiziga uylanishi shar`an joiz bo`lsa-da, bu ishga targ`ib qilinmaydi. Sababi ko`p hollarda yaqin qarindoshlar o`rtasidagi nikoh aloqalari nosog`lom bolalar tug`ilishiga sababdir. Yana bunda nikoh davomli bo`lmasa, qarindoshlar bir-biri bilan yuzko`rmas bo`lib ketishi xavfi bor. Shu sabab yaqin qarindoshlar o`rtasidagi qudachilik aloqalaridan imkon qadar saqlanish afzal.

Masalaning ikkinchi jihati shuki, yigit va qiz oila qurishda o`z xohishlariga qarab juft tanlashlari joiz. Jumladan, yigit o`ziga yoqqan qizga uylanishi mumkin.

Yigit ham uylanishda majburlanmaydi. Agar majburan nikoh qilingan taqdirda nikoh sahih (to`g`ri) bo`lsa ham, oila mustahkam bo`lmasligi mumkin. Nikohga majburlash oqibatlari hammamizga ma`lum. Ko`ngil qo`ymagan qizga uylangan yigit u bilan baxtli-saodatli hayot kechira olmaydi, ota-onasining orzulari quliga aylanadi, bechora qizning baxtiga zomin bo`ladi.

Shariatda oilalar mustahkamligi va taloqning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko`rilgan. Shulardan biri oila qurayotganlarning bir-birlarini guvohlar yordamida ko`rishlaridir. Agar bu kabi ishlarga ruxsat berilmasa, to`ydan hech qancha vaqt o`tmasdan ajralishlar soni ko`payib ketgan bo`lardi.

Xullas, shariatda yigit yoki qizni oila qurishga majburlash yo`q. Ammo yigitlar xohlagan qizga yoki qizlar o`zi istagan yigitga turmushga chiqishi mumkin ekan, deb buni suiiste`mol qilmasliklari lozim. Eng afzali ota-ona va farzandlar kelishib ish qilsinlar. Yigitlar shunday yo`l tutsinlarki, sovchi qo`ymoqchi bo`lgan juftlari o`zlariga ham, ota-onalariga ma`qul kelsin.

Шарҳлар

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...