— Dinimizda nikohsiz tug`ilgan farzandning hukmi qanday? Nikohsiz tug`ilgan bolaga qanday taqdir nasib etishi haqida ma`lumotlar bormi? Iltimos, shular bo`yicha javob bersangiz.
Savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari, shayx Abdulaziz MANSUR javob beradilar.
— Dinimizda nikohsiz tug`ilgan farzand zinodan tug`ilgan farzand hisoblanadi. Bunda bolaning aybi yo`q. Ammo zino qilib bolaning tug`ilishga sabab bo`lganlar juda katta gunoh sodir qilganlardir. Barcha bandalarining taqdiri kabi nikohsiz tug`ilgan bolaning taqdiri ham Alloh taologa ma`lumdir. Bandalar biror insonning taqdirini belgilab bera olishmaydi.