Sevimli

​MEROS QANDAY RASMIYLAShTIRILADI?

Savol-javob 06.05.2017, 11:41
Теглар: Sud, Savol-javob
​MEROS QANDAY RASMIYLAShTIRILADI?

Vafot etgan shaxs nomidagi avtomashinani qanday qilib merosxo`r nomiga rasmiylashtirish mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A.A. Toshkent shahri

D.YaKUBOVA, Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig`i:

— Meros fuqaroning o`limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e`lon qilinishi oqibatida ochiladi. Merosga bo`lgan huquq vorislik vasiyati mavjud bo`lmasa, qonun bo`yicha amalga oshiriladi.

Merosga bo`lgan huquq to`g`risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e`tiboran olti oy o`tganidan keyin beriladi. Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxo`rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega bo`ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo`rlarning yozma arizalariga ko`ra merosga bo`lgan huquq to`g`risida guvohnomalar beradi.

Meros qoldiruvchi bilan merosxo`rlarning qarindoshlik munosabatlari tug`ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug`ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko`chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Notarius jismoniy va yuridnk shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositatari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, ushbu avtotransport vositalari baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanganligi to`g`risidagi xulosasini talab qiladi, shuningdek avtotransport vositasi davlat ro`yxatdan o`tkazilgan joyi bo`yicha davlat notarial idora tomonidan ushbu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo`yilgan bo`lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo`lgan huquq to`g`risidagi guvohnomani berish to`xtatib turiladi.

Шарҳлар

Sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

10.10.2021, 15:23

Bugun bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma`lum qildi.Kengash qaroriga ko`ra:Namazbaeva Saragul...
Toshkentda onlayn qimorda paynet kassasidagi pullarni yutqazish oqibatida o`ziga pichoq urgan talabaga hukm o`qildi

25.08.2021, 17:42

“Yolg`onning umri qisqa”, degan ibora hammamizga yaxshi tanish. Haqiqatan ham bu gapda yuz foiz jon bor. Yolg`on ishning qachondir misi chiqib, boshqalarni aldamoqchi bo`lgan odamning...
Ma`muriy sudga murojaat qilish tartibi qanday? Oliy sud javob berdi

16.08.2021, 17:37

Fuqarolar va yuridik shaxslar ma`muriy sudlarga murojaat etish chog`ida ariza yoki shikoyatning shakli va mazmuniga nisbatan qo`yilgan talablarga to`liq amal qilmaydilar. Bunday e`tiborsizlik sudga taqdim...
Yangihayotda 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga sotmoqchi bo`lgan ayolga hukm o`qildi

04.08.2021, 19:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...