Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

Бўлимлар: Savol-javob
Теглар: Ish beruvchi, Savol-javob, Pensiya
Добавлено: 23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida eshitdim. Shu rostmi?

Fazliddin Begimov, Buxoro shahri

M.ZIYaDULLAEV, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari:

— “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 22-bandiga asosan 2017 yil 1 apreldan boshlab quyidagi pensionerlarga pensiyalar to`liq mikdorda to`lanadi:

a) Mudofaa vazirligining:

* O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Oliy harbiy ta`lim muassasalari o`qituvchilari va ilmiy xodimlari;

* harbiy-akademik liseylar rahbarlari, ularning o`rinbosarlari va o`qituvchilari, shuningdek respublika akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlang`ich harbiy tayyorgarlik bo`yicha rahbarlari;

* harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga;

b) Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo`mitasining:

* Milliy xavfsizlik xizmati instituti, O`zbekiston Respublikasi Strategik tahil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik o`quv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va O`zbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy ta`lim muassasalarining o`qituvchilari va ilmiy xodimlari;

* respublika akademik liseylari va kasb-hunar kollejlari ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha rahbar o`rinbosarlari va tarbiyachilari;

* harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.

Pensiyalarni to`lash to`liq miqdorda, agar yuqorida ko`rsatib o`tilgan faoliyat xarbiy pensionerning yagona ish joyi bo`lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar to`lanadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 dekabrdagi PF-4589-son "O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida"gi Farmoniga asosan to`liq pensiya olish huquqiga ega bo`lgan ishlovchi pensionerlar ro`yhatiga o`zgartirish kiritilib, unga asosan 2014 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo`yicha ishlovchi va qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng kam pensiyadan kam daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oluvchi pensionerlarga pensiyalar to`liq miqdorda to`lanadi.

Ushbu talab faqatgina fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo`yicha ishlovchi fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, mehnat shartnomasi bo`yicha ishlovchi fuqarolarga tadbiq etilmaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.12.2017, 10:50
15.12.2017, 10:35

SUG'DIYONA

16.12.2017, 12:09
16.12.2017, 12:08