Му5
4

Avval sudlangan biroq sudlanganligi olib tashlangan shaxs ichki ishlar idoralariga ishga kirishi mumkinmi?

Savol-javob 02.06.2018, 19:29
15681
Avval sudlangan biroq sudlanganligi olib tashlangan shaxs ichki ishlar idoralariga ishga kirishi mumkinmi?

Ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq quyidagi fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:

- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;

- ichki ishlar organlarida xizmatni o`tashga to`sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo`lgan;

- boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko`ra bo`shatilgan;

- sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qo`llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo`llanilgandan qat`i nazar).

Шарҳлар